Kecha, 25 mart kuni AQshning Oklaxoma shtatida kuchli tornado sodir bo`ldi, deb yozadi RIA.
Ushbu tabiiy ofat natijasida, ma`lumotlarga ko`ra 1 kishi xalok bo`lgan, 15 dan ortiq fuqarolar turli tan jarohatlarini olishgan.
Aytish lozimki, ushbu tornado AQShning bir qancha shtatlarigacha borib ulgurgan. Olimlar ushbu tornadoni 2013 yili sodir bo`lgan tornado bilan o`xshashlik joylari ko`p ekani haqida aytishmoqda. 2013 yilgi tornado oqibatida 24 kishi xalok bo`lgandi.