1

Mamlakatimizdagi kambag`allikka qarshi kurash bo`yicha 700 million dollarlik dasturlar amalga oshiriladi

Jamiyat 09.03.2020, 11:08
Mamlakatimizdagi kambag`allikka qarshi kurash bo`yicha 700 million dollarlik dasturlar amalga oshiriladi

Prezidentimiz bu haqda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida alohida ta`kidlab o`tdi:

“Xabaringiz bor, mamlakatimizda kambag`allikni qisqartirish ustuvor vazifa etib belgilandi va bu yo`nalishda keng ko`lamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni boshladik, — dedi davlat rahbari. — Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak: kambag`allikni qisqartirish uchun birinchi navbatda ishsizlikni kamaytirish kerak. Avvalo, aholini zamonaviy kasb-hunarlarga o`qitish, ularning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda, ayniqsa, ayollarimizda tadbirkorlikka ishtiyoqni uyg`otish zarur.

Biz bu borada jahon hamjamiyati tajribasini atroflicha o`rganib, xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`ymoqdamiz. Ayni vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar bilan tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish, kambag`allikka qarshi kurash bo`yicha shu yilning o`zida 700 million dollarlik dasturlarni amalga oshirishni ko`zda tutmoqdamiz”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1