AsosiyJamiyat

Buxorodagi "virtual dunyodan uzilib qolgan qishloq" bo`yicha ma`lumot berildi

'Buxorodagi "virtual dunyodan uzilib qolgan qishloq" bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati, Buxoro tumani, “Shexoncha” MFY “Dexchabegi” qishlog`ida istiqomat qiladigan fuqarolar tomonidan “Dexchabegi qishlog`i virtual dunyodan uzilib qolgan” sarlavhasi ostidagi xabarlar tarqaldi. Unda  “Buxoro tumani Sheyxoncha MFY Dexchabegi qishlog`ida uyali aloqa kompaniyasining interneti ishlamaydi, simli internetga ulanaylik desak, shahar telefon tarmog`i yo`q” deyilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarga chiqarilgan murojaat yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, “O`zbektelekom” AK Buxoro filiali mutaxassislari bilan birgalikda o`rganib chiqildi.

O`rganish natijalariga ko`ra, mazkur hududda mobil aloqa operatorlarining aloqa so`zlashuv signallari texnik me`yorda ekanligi, biroq internet qamrovi etarli emasligi hamda simli telefon tarmog`i bilan ta`minlanmaganligi aniqlandi. 

Ushbu hududni “O`zbektelekom” AK Buxoro filiali tomonidan  optik tolali aloqa liniyasi orqali telekommunikasiya xizmatlari bilan ta`minlash ishlari texnik va moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqqan holda joriy yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Bu to`g`risida “Sheyxoncha” mahalla fuqarolar yig`ini raisi N.Muxsinovga to`liq tushuntirishlar berildi.

    Boshqa yangiliklar