1

Toshkent xalqaro aeroportida zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirish holati aniqlandi

Jamiyat 09.03.2020, 17:04
Toshkent xalqaro aeroportida zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirish holati aniqlandi

Xorijdan turli nayranglar-u qing`ir yo`llar bilan qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro N.Q.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxs deklarasiyada ko`rsatmasdan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilmasdan egnidagi kiyimlari va yuklari orasiga uddaburonlik bilan umumiy qiymati 102 million so`mlik 361 gramm qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1