1

Rossiyadagi o`zbekistonlik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Jamiyat 09.03.2020, 18:46
Teglar: Rossiya, patent
Rossiyadagi o`zbekistonlik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Tashki mehnat migrasiyasi agentligi xabar qilishicha, Rossiya Federasiyasi Prezidenti tomonidan mamlakat hududidagi kasbiy ta`lim muassasalari va oliy o`quv yurtlarining kunduzgi ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ish bilan ta`minlash tartibini soddalashtiruvchi qonun imzolangan.

Mazkur hujjatga muvofiq, Rossiyada tahsil olayotgan chet elliklar patent va ishlashga ruxsatnoma olmasdan ishlashi mumkin. Yangi qonun 2020 yil 5 avgustdan kuchga kiradi.

Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat o`zlari ta`lim olayotgan universitetlarda, oliy o`quv yurtlari tomonidan ta`sis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.

Eslatib o`tamiz, chet ellik talaba o`qishni tugatgan yoki o`qishni to`xtatgan taqdirda, ishlashni to`xtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish/xizmatlarni ko`rsatish shartnomasini bekor qilish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1