AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" Mo`ynoqda yana bir tabiiy gaz qudug`ini ishga tushirdi

'"O`zbekneftgaz" Mo`ynoqda yana bir tabiiy gaz qudug`ini ishga tushirdi'ning rasmi

"O`zbekneftgaz"ning Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 77-sonli quduqda burg`ulash ishlari tugatildi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda.   

Ushbu quduqning 2322-2320m, 2294-2290m, 2262-2256m intervallar oralig`ida perforasiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 100-130 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.  

Ma`lumot uchun: «Shimoliy Berdaq» gazkondensat koni Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq tumanida joylashgan bo`lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.

    Boshqa yangiliklar