1

Xususiy bandlik agentliklari faoliyati qonunchilikka o`zgartirishlar kiritilmoqda

Jamiyat 10.03.2020, 13:50
Xususiy bandlik agentliklari faoliyati qonunchilikka o`zgartirishlar kiritilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O`zbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari to`g`risida”gi Qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.

Qonunga quyidagi o`zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilmoqda:

  • xorijda ishga joylashtirish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlar ish beruvchi yoki buyurtmachi hisobidan amalga oshirish;
  • chet eldan ishni qidirayotganlarni ishga joylashtirish bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlar uchun to`lovlar undirishni taqiqlash;
  • xususiy bandlik agentliklarining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasida shakllantiradigan zaxira mablag`lari miqdori 50 000 AQSh dollaridan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravariga almashtirish;
  • xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko`rsatganlik uchun mijozlardan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan oshmagan miqdorda haq olish mumkin bo`ladi.

 

Shuningdek, loyiha hujjatiga ko`ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo`yicha vakolatli organni keyinchalik xabardor qilgan holda (moliya-xo`jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirish vakolatiga ega bo`ladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan joylangan ushbu loyiha shu yilning 24 martiga qadar muhokamada bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1