1

“UzAuto Motors” xalqqa oshnomi yoki..." Deputat mutasaddilaridan tushuntirish so`ramoqda

Jamiyat 10.03.2020, 14:10
“UzAuto Motors” xalqqa oshnomi yoki..." Deputat mutasaddilaridan tushuntirish so`ramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a`zosi Maqsud Qurbonboev, mamlakatdagi yagona engil avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblangan “UzAuto Motors” tomonidan bir qator mahsulotlari narxini to`satdan oshirilishi bo`yicha mutasaddilardan tushuntirish so`ramoqda. 

Qaerdaki, mavhumlik, yopiqlik bo`lsa, o`sha erda savollar, noroziliklar ko`payaveradi. Shu boisdan barcha sohalarda ochiqlik, oshkoralik siyosati olib borilayotgan bir sharoitda mamlakatimiz aholisini engil avtomobil bilan ta`minlovchi yakka-yu-yagona korxona, hech qanday tushuntirishlarsiz, ogohlantirishsiz mahsulotlari narxnomasini yangilab qo`ydi. Bu esa avtomobil bozoridagi narxlarini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi hammamizga ayon. O`z-o`zidan xalqimizda savollar kelib chiqmoqda va hozirgacha birorta mas`ul javob berishga shoshilmayapti. Biz kimga, nimaga gapiryapmiz o`zi?

Deputat  “UzAuto Motors” mutasaddilaridan quyidagi masalalar bo`yicha o`z munosabatini bildirishidan umid qilmoqda:

Birinchidan, nega “UzAuto Motors” na saytida, na biror bir boshqa ommaviy axborot vositalarida narxlari oshganini rasmiy xabar va tushuntirish tarzida ma`lum qilmayapti? Xuddi ayb ish qilayotgandek, saytning ichki qismidagi narxnoma imi-jimida yangilab qo`yish, e`lon qilishga kirmaydi.

Ikkinchidan, xo`p narxlar oshishga oshibdi. Biroq nima sababdan, umumiy qilib qaysi omillar tufayli oshganini iste`molchi bilishga haqqi bormi yoki yo`qmi?

Uchinchidan, nega aynan xalqimiz orasida eng talabgir hamda “ekonom” hisoblangan Damas, Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti kabi avtomobillar narxi oshirilmoqda. Oylikka qarab qolmagan, nisbatan o`ziga to`qlar harid qiladigan Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari esa o`zgartirishsiz qolmoqda. Yoki bu “Kambag`alni tuyani ustida ham it qopadi” naqlining amaldagi ifodasimi?

To`rtinchidan, oshirilgan narxlar eksportga chiqarilayotgan mashinalarga taaluqlimi? O`zi nima uchun “UzAuto Motors” hanuzgacha eksportga ichki bozordan ancha arzon narxda avtomobil sotmoqda. Misol uchun bizda 30 000 ming AQSh dollaridagi Malibu 2, boshqa davlatlarda ikki barobar arzon narxlarda sotilmoqda. Agarda buni valyuta oqimini ko`paytirish bilan deb izohlamoqchi bo`lsangiz, boshqa yangiroq bahona toping, hozir banklarimizda istagancha valyuta harid qilishingiz mumkin.

Beshinchidan, mamlakatimiz ichki bozorida hamyonbop avtomobillar sotuvi bo`yicha boshqa davlatlar avtomobillari sotuvi yildan yilga oshib borayotgan bir sharoitda mahalliy ishlab chiqaruvchimizning narxlarni oshirish to`g`risidagi qarori qaysi bozor qonuniyatlariga to`g`ri keladi? Bu ochiqdan-ochiq bozorni qolganlarga bo`shatib qo`yishga harakatga o`xshab ko`rinmayaptimi? Yoki su`niy ravishda kasotga (bankrot) uchratish nazarada tutilganmi, agar unday bo`lsa 20,0 ming yaqin ishchilar, qorako`zlarimiz taqdiri nima bo`ladi?

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1