1

Amerika Mikrobiologiya jamiyati a`zosi koronavirus infeksiyasi bo`yicha dunyo va O`zbekistondagi holatni o`rganmoqda

Jamiyat 10.03.2020, 14:48
Amerika Mikrobiologiya jamiyati a`zosi  koronavirus infeksiyasi bo`yicha dunyo va O`zbekistondagi holatni o`rganmoqda

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ning profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Unda Sog`liqni saqlash vazirligi rahbariyati, tegishli vazirlik va idoralar, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishmoqda.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov dunyoda koronavirusning epidemik holati va COVID-19ning mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo`yicha ko`rilayotgan choralar to`g`risida ma`lumot berdi.

Xususan, mamlakatimiz  Prezidentining 2020 yil 29 yanvar kuni “O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi qabul qilinib, tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

O`z navbatida, profilaktika va nazorat choralarini kuchaytirish maqsadida maktabgacha ta`lim, xalq ta`limi, oliy va o`rta-maxsus ta`limi kabi kabi qator vazirlik va idoralari bilan qo`shma qarorlar qabul qilindi.

Tadbirda ayni paytda mamlakatimizga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralarida sanitariya-karantin punktlari xalqaro talab va mezonlar asosida faoliyat ko`rsatayotgani ta`kidlandi. Bugungi kunda ushbu punktlarda boshqa tarmoq xodimlari qatorida 250 nafardan ziyod yuqori malakali sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari ish olib bormoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida uzluksiz 24 soat davomida faoliyat ko`rsatuvchi shtab tashkil qilingan.

Anjumanda, shuningdek, Sog`liqni saqlash va epidemiologiya sohasida xalqaro espert, Amerika Mikrobiologiya jamiyati a`zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov dunyodagi epidemik vaziyat bo`yicha dolazrb savollarga javob beradi. U 40 yildan ziyod umrini dunyoning turli mintaqalarida – Markaziy Osiyoda kam uchraydigan gepatit turlaridan tortib, Keniya va Malida turli yuqumli kasalliklarni o`rganish va oldini olishga bag`ishlagan.

Ayni paytda Mixail Favorov koronavirus infeksiyasi bo`yicha dunyo va O`zbekistondagi holatni o`rganmoqda. Shu kunlarda u mustaqil xalqaro ekspert sifatida Sog`liqni saqlash vazirligi qoshidagi bosh shtab mutaxassislari bilan birgalikda mamlakatimizga koronavirusning kirib kelish va tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu sohada ixtisoslashgan tibbiyot muassasalaridagi tibbiyot xodimlariga maslahatlar bermoqda.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, xalqaro talab va tavsiyalarga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bo`yicha aholining epidemiologik farovonligini ta`minlash bo`yicha profilaktika va ushbu infeksiyani kirib kelishiga qarshi nazorat  tadbirlari  amalga oshirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1