1

Samarqanddagi qurilish tashkiloti ishchilarga sharoit yaratib bermasa javobgarlikka tortiladi

Jamiyat 10.03.2020, 15:08
Samarqanddagi qurilish tashkiloti ishchilarga sharoit yaratib bermasa javobgarlikka tortiladi

OAVda “Quruvchi manfaati kimning himoyasida” mavzuida maqola e`lon qilindi. Unda Samarqand shahrida qurilish ishlari bilan shug`ullanayotgan “Malaxit Pulys” MChJda mehnat muhofazasiga rioya etilmayotgani, ishchilar maxsus kiyimlar bilan ta`minlanmagani va munosib mehnat va yashash sharoiti yaratilmagani bayon etilgan.  

Mazkur masala yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari o`rganish olib bordi. O`rganishlarga ko`ra, korxonada texnika xavfsizligi mutaxassisi lavozimi mavjud emasligi, xodimlar jamoaviy va shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyim bilan ta`minlanmagani, xodimlar “Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha xodimlarni o`qitish va bilimlarini tekshirish to`g`risida”gi nizom bilan tanishtirilmagani hamda xodimlar sug`urta qilinmagani aniqlandi.  

Mavjud kamchiliklarni 10 kun ichida tuzatish yuzasidan korxona rahbariga talabnoma kiritildi. Ko`rsatmaning ko`rsatilgan muddatda bajarilmasligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1