1

A.Shadmanov: «Biz kasallikni berkitayotganimiz yo`q, uni berkitishning iloji ham yo`q»

Jamiyat 10.03.2020, 15:19
A.Shadmanov: «Biz kasallikni berkitayotganimiz yo`q, uni berkitishning iloji ham yo`q»

Ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo`lib o`tayotgan O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ning profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazilmoqda.

Unda Sog`liqni saqlash vaziri A.Shadmonov so`zga chiqdi.

- Agar kasallik qayd etiladigan bo`lsa, dori vositalarining zaxirasi, shuningdek profilaktika bo`yicha imkoniyatlarimiz etarli. Targ`ibot ishlarini kuchaytirishimiz, zarur haqqoniy ma`lumotlarni vaqtida etkazib turishimiz zarur.  

Eng muhimi, har bir fuqaro noto`g`ri, vahimali ma`lumotlarga ishonmasligi, o`z ehtiyot choralarini ko`rishi zarur. Bu kasallikni biz berkitayotganimiz yo`q, uni berkitishning iloji ham yo`q. Zarurat bo`lmasa, xorijga chiqmaylik, cheklaylik. Siz sog`lom bo`lganingiz bilan yoningizdagilar o`z kasalliklaridan bexabar holda yuqtirib qo`yishi mumkin.  

Barcha cheklov choralarini oshkor e`lon qilyapmiz va buni to`g`ri tushunishni so`rar edik. Fuqarolarimiz barcha ehtiyot choralarini ko`rsalar, ishonamanki biz bu jangda g`olib chiqamiz.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1