2020 yilning 6 mart kuni soat 18:00 da Andijon shahar Tiklanish ko`chasida 17 yoshli Sh.A. va 19 yoshli I.Q.,lar o`zaro tortishib, janjallashib qolgan. Janjal vaqtida Sh.A., yonida bo`lgan pichoq bilan I.Q. ning biqin qismiga urib jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Xabarda keltirilishicha, I.Q. kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari davomida pichoq o`rnatilgan tartibda olingan, Sh.A., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va ehtiyot chorasini qo`llash masalasi ko`rilmoqda.






