Poytaxtda rashkdan ko`zi ko`r bo`lib qolgan yigit qotillikka qo`l urdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Aniqlanishicha, kecha, 9mart kuni soat 23:30 larda M.Ulug`bek tumani, Yuzrobod ko`chasidagi “Munis” kafesida 1999 yilda tug`ilgan yigit N.Sh. 1998 yilda tug`ilgan tanishi U.T. bilan ayol kishiga bo`lgan rashk sababli o`zaro janjallashib qoladi. Vaziyat jiddiy tus olib N.Sh. oshxona pichog`i bilan U.T.ni tanasining turli qismlariga 8 ta sanchib-kesilgan jarohatlar etkazib, qasddan o`ldirgan.
Ayni paytda Mazkur holat yuzasidan 10.03.2020 yilda tuman prokuraturasi tomonidan N.Sh.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Aybdor ushlangan.






