AsosiyJamiyat

Koronavirus tarqalib borayotgani sababli “Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari noma`lum sanaga kechiktirildi

'Koronavirus tarqalib borayotgani sababli “Ziyorat turizmi haftaligi” tadbirlari noma`lum sanaga kechiktirildi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan 12-16 mart kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo`ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Sog`liqni saqlash vazirligida ta`kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog`liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi. Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko`plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo`yicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo`ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda. “Ziyorat turizmi haftaligi” o`tkaziladigan sana aniq bo`lgan taqdirda,  bu haqidagi ma`lumot uzbektourism.uz saytida taqdim etiladi.  

    Boshqa yangiliklar