AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura ham Andijonda shifokorlarga tajovuz qilinganligi holati yuzasidan bayonot berdi

'Bosh prokuratura ham Andijonda shifokorlarga tajovuz qilinganligi holati yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda shifokorlarga pichoq bilan tajovuz qilinganligi aks ettirgan videolavha tarqalgan edi.  

Kecha  IIV Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko`ra, shifokorga bo`lgan tajovuz yuzasidan surishtiruv o`tkazilgan. Suhbatda fuqaro  pushaymonligini bildirib, o`sha kuni qo`lida pichoq bo`lmaganligini aytgan.

Bugun ushbu holat bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ham qo`shimcha ma`lumotlar  berildi.

Bosh prokuratura ham Andijonda shifokorlarga tajovuz qilinganligi holati yuzasidan bayonot bermoqda.

Ta`kidlanishicha, 29 fevral kuni fuqaro M.X. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali travmatologiya qabulxonasiga kelib, shifoxonaga yotqizilgan opasiga tibbiy yordam ko`rsatilmaganligi vaji bilan xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarni uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, bemorga etarli darajada tibbiy muolajalar ko`rsatilishiga to`sqinlik qilgan.

Shuningdek X.M. shifoxona hamshirasidan opasiga tan jarohatlari etkazilganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmaslikni talab qilib, ularni uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, shifokorlarning qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan 10.03.2020 yilda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va fuqaro X.M. prosessual tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib

    Boshqa yangiliklar