1

Prezidentning maxsus vakili Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat 11.03.2020, 17:49
Prezidentning maxsus vakili Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

2020-yilning 11-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi. Bu haqda tashqi ishlar vaziriligi ma`lum qilmoqda.

Suhbat chog`ida Afg`onistondagi vaziyatni yanada rivojlantirish, O`zbekiston va Yaponiyaning, umuman xalqaro hamjamiyatning afg`onlararo muzokaralar jarayonini boshlashga ko`maklashish borasidagi sa`y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Yaponiya tomoni Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o`rnatish, butun afg`on xalqi manfaati uchun uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga bundan keyin ham faol hissa qo`shishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Afg`onistondagi inqirozni tinch yo`l bilan hal etishning eng maqbul yo`llarini toppish bo`yicha yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi to`g`risida kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1