1

Zoyir Mirzaev Toshkentda ta`lim olayotgan 24 nafar qashqadaryolik talabaning shartnoma pullarini to`lab berdi

Jamiyat 11.03.2020, 17:52
Zoyir Mirzaev Toshkentda ta`lim olayotgan 24 nafar qashqadaryolik talabaning shartnoma pullarini to`lab berdi

Qashqadaryolik talabalarni 104 million so`mlik shartnoma pullari to`lab berildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimini Toshkent va Samarqand shahrida tahsil olayotgan voha yoshlari bilan onlayn muloqoti davomida kam ta`minlangan talabalarni shartnoma pullarini qisman to`lab berishni viloyat hokimi o`z zimmasiga olgan edi.

Viloyat hokimligida tashkil etilgan komissiya tavsiyasi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan dastlabki 24 nafar talabalarni shartnoma pullari to`lab berildi. Ularni tanlab olishda oilaviy sharoiti va ta`lim olish sifatlari alohida e`tiborga olindi.

Komissiya tomonidan boshqa talabalarni ham o`rganish ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1