1

JSST vakili koronavirusning yaqin orada O`zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini ma`lum qildi

Jamiyat 12.03.2020, 08:58
JSST vakili koronavirusning yaqin orada O`zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori ekanini ma`lum qildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianne Kuppens «O`zbekistonga koronavirusning kirib kelish ehtimoli yuqori ekanini ta`kidladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

JSST vakili ayni vaqtda O`zbekistondagi aholi vakillarida koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmaganini qayd etgan.

«Biroq, virus yuqumli va 6 ta qit`ani zararlagani sababli, uning yaqin vaqt ichida O`zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori», – deya ta`kidlagan JSST vakili.

Kuppens o`zbekistonliklarni JSST tomonidan berilgan tavsiyalarga, tozalik va gigienaga rioya qilishga, biroq, vahimaga tushmaslikka chaqirmoqda:

«Biz koronavirusning oldini olishda faol bo`lishimiz lozim», – deya ogohlantirmoqda Kuppens.

Uning aytishicha, dunyodagi birorta davlat, hatto eng rivojlangan mamlakat ham koronavirus oqibatlariga to`liq tayyor bo`la olmaydi. JSST bu borada O`zbekistonga monitoring qilishda, kasallikni erta bosqichida aniqlashda, tashxis qo`yish imkoniyatlarini kengaytirishda, tibbiy muassasalarni izolyasiya qilish va bu borada tibbiyot xodimlarining bilim hamda salohiyatini oshirishda yordam bermoqda.

O`zbekiston zarur choralarni ko`rishi lozim va bu yo`nalishda ishlar faol ravishda olib borilmoqda.

Kuppens O`zbekiston JSSTning barcha tavsiyalariga amal qilayotganini qayd etdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1