1

Chustda tadbirkorni qo`rqitib, undan pul undirmoqchi bo`lgan “er-xotin” ushlandi

Jamiyat 12.03.2020, 09:50
Chustda tadbirkorni qo`rqitib, undan pul undirmoqchi bo`lgan “er-xotin” ushlandi

Namangan viloyati Chut tumanida M.D. o`zining shar`iy turmush o`rtog`i D.Sh. bilan oldindan til biriktirib, tadbirkor I.D.dan uning ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozishi va u haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli videoyozuvlar tarqatish bilan tahdid qilgan. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “er-xotin”lar tadbirkorlik faoliyatini to`xtatib qo`ymaslik evaziga tadbirkor I.D.dan tovlamachilik yo`li bilan 3 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan M.D. va D.Sh.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1