1

19 nafar marg`ilonlik haydovchi qamoqqa olindi. Nega?

Jamiyat 12.03.2020, 11:30
19 nafar marg`ilonlik haydovchi qamoqqa olindi. Nega?

Marg`ilon shahar markazidagi B.Marg`iloniy ko`chasida joylashgan savdo majmuasi ro`parasida Marg`ilon - Farg`ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo`nalishlarida kirakashlik bilan shug`ullanuvchi “Damas” rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko`chadagi piyodalar o`tish yo`lakchasi oldiga hamda yo`lning qatnov qismiga betartib turib olgan. Natijada piyodalar va haydovchilarning harakatiga halal berayotgan. Viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida voqea joyiga etib borishgan. Ammo, “Damas” haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

“O`zim xon - ko`lankam maydon” qabilida ish tutgan “Damaschilar”ni qanday tushunish mumkin?

Axir, mana shunday tartibsiz harakatlar oqibatida piyoda yoki haydovchilar ishtirokida yo`l-transport hodisalari sodir bo`lyaptiku. Aytish joizki “tirikchilik” yohud boshqa omillarni vaj qilib, qoidabuzarlik qilishga hech kimning haqqi yo`q.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo`ysunmagan jami 19 nafar huquqbuzar “Damas” haydovchilariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg`ilon shahar Ma`muriy ishlar bo`yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1