1

Aziz Abduhakimov Xorazmdagi 3 yulduzli mehmonxona egasiga subsidiya sertifikatini topshirdi

Jamiyat 12.03.2020, 11:47
Aziz Abduhakimov Xorazmdagi 3 yulduzli mehmonxona egasiga subsidiya sertifikatini topshirdi

Xorazmda 3 yulduzli mehmonxonaga davlat tomonidan subsidiya ajratildi. Subsidiya serifikatini Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar bermoqda. 

Bugungi kunda O`zbekistonda turizm sohasiga katta e`tibor qaratilmoqda. Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar hamda qonun hujjatlarida turizm sohasida tadbirkorlar uchun ko`plab imtiyozlar hamda preferensiyalar berilmoqda. Xorazm viloyatida qurilib, yangi ishga tushirilgan “O`zbekiston” mehmonxonasiga tegishli qarorga ko`ra, mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanib, subsidiya ajratildi. Uch yulduzli “O`zbekiston” mehmonxonasi 57 xona, 114 o`ringa ega. Xorazm viloyatida 2019 yil davomida jami 87 joylashtirish vositasi to`liq foydalanishga topshirildi va sayyohlarga sifatli mehmonxona xizmatlarni ko`rsata boshladi. Mazkur ko`rsatkich 2018 yilga nisbatan 7 barobar o`sishni qayd etdi. Podrobnee: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi “Mehmonxona xo`jaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to`g`risida” 433-son qarori bilan investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing to`g`risidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan mablag` ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi. 1) Nizomga ko`ra, investorlar va tashkilotlar uchun mehmonxona qurish va uni jihozlashga sarflagan xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjeti hisobidan quyidagi hajmlarda mablag` ajratilishi belgilangan: 3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 40 million so`m; 4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda har bir xona uchun 65 million so`m. Subsidiya 2019 yil 5 yanvaridan 2022 yilning 1 yanvariga qadar foydalanishga topshirilgan mehmonxonalar uchun ajaratiladi. Subsidiya olish uchun investor Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga ariza va hujjatlar bilan murojaat qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1