AsosiyJamiyat

Nukus shahrida sodir bo`lgan to`qnashuvda bir nafar fuqaro vafot etdi

'Nukus shahrida sodir bo`lgan to`qnashuvda bir nafar fuqaro vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 11 mart kuni soat 09:00 da, Nukus shaharida haydovchi A.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasida oldinda harakatlanayotgan avtomashinani quvib o`tish maqsadida qarama-qarshi yo`nalishga chiqib harakatlangan. Natijada  qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi T.A. boshqaruvida bo`lgan “Gazel” rusumli transport vositasi bilan to`qnashuv sodir qilgan.   “Matiz”  rusumli transport vositasi haydovchisi A.B. voqea joyida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda. 

“Gazel” rusumli transport vositasining 17 nafar yo`lovchilari tan jarohati olishib shifoxonaga murojaat qilishgan. "Hurmatli yo`l harakati ishtirokchilari yo`llarda harakatlanganda “Yo`l harakati qoidalari”gi amal qilishingizni, o`zingiz va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasligingizni so`rab qolamiz" deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar