1

“Siz monopolyasiz, bizga bozor iqtisodiyotini ro`kach qilmang”. Deputat "O`zavtosanoat" mas`ullariga aniq faktlar asosida “zarba” berdi (video)

Jamiyat 12.03.2020, 13:04
“Siz monopolyasiz, bizga bozor iqtisodiyotini ro`kach qilmang”. Deputat "O`zavtosanoat" mas`ullariga aniq faktlar asosida “zarba” berdi (video)

Xabaringiz bor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan "O`zavtosanoat" AJ mas`ullari ishtirokida Parlament eshituvi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalarning oshirilgani yuzasidan tushuntirishlar va sabablar aytib o`tildi. Shundan so`ng deputatlar tomonidan mutasaddilarga savollar berildi. Biroq berilayotgan javoblar parlament vakillarini qoniqtirmadi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O`zLiDeP a`zosi Doniyor Ganiev "O`zavtosanoat" mas`ullarining javobi olib qochish va umumiy gaplardan iborat bo`lib qolayotganini aytib, asl masala va muammolar, mutasaddilarning faoliyatidagi qator kamchiliklar bo`yicha keskin tanqidlar qildi:

Mashinalarning oshirilishiga sabalardan biri sifatida 4 trillion QQS to`lanishi aytib o`tildi. Kechirib qo`yasiz, QQSni siz to`lamaysiz, iste`molchi to`laydi. Bu birinchi e`tiroz. Ikkinchisi, tinmay aksiyalar haqida gapiryapsizlar. Qo`llayotgan aksiyalaringizni hammasi sotilmagan, qimmat — Malibu, Tracker kabi mashinalarga tegishli. Biror marta Damas, Matiz yoki Neksiyaga 15-20 foiz narx tushirib aksiya qilganingizni ko`rganimiz yo`q. Yoniga qo`shib berayotgan velosipedlaringiz haqida aytmoqchi bo`lsangiz, meni kechirasiz-u, jahon tajribasida u aksiya emas. Uchinchidan, jahon bozorida, xususan Rossiya bilan bizda narxlar teng deyapsiz, biringiz esa biz Rossiyaga yuborayotgan avtomobillarga talabga asosan qo`shimcha texnologiyalar kiritamiz, agar u erga yuborayotgan darajada jihozlangan avtomobillar o`zimizning bozorlarga ham chiqarilsa, narx yanayam oshadi o`zbekistonliklar uchun deyapsiz. Demak, bundan kelib chiqadiki, siz Rossiyaga yuborayotgan mashinaga ko`proq harajat qilyapsiz. Ammo qimmat harajat ketgan mashina O`zbekistondagilarga sotilayotgan mashinalardan arzonga chetga yuborilayapti. Bu ham ikki fikringiz bir-biriga teskari ekanligini ko`rsatmoda...

Shuningdek, deputat mutasaddilar tomonidan narx oshishiga sabab qilib ko`rsatilgan ehtiyot qismlari olib kelinadigan Koreyada pulning devolvasiya bo`lganligi masalasiga ham to`xtalib, Koreyada pulning devolvasiya bo`lishi, aksincha ehtiyot qismlarini arzonlashtirishini aytdi. 

Bozor iqtisodiyoti talabiga ko`ra oshirildi, degan mas`ullarning izohiga deputat keskin javob qaytardi:

Siz bizga bozor iqtisodiyotini ro`kach qila olmaysiz. Nimaga deganda, chunki siz bozor iqtisodiyoti qoidasida ishlaganingiz yo`q. Agar bozor iqtisodiyoti qoidasiga rioya qilib ishlaganingizda, raqobat bo`lganida, siz kabi yana beshta kompaniya bo`lganida edi, menga desa 100 ming AQSh dollariga baholang mashinangizni. Chunki menga sizniki yoqmasa, boshqasidan olaman. Siz MONOPOLIYaSIZ! Siz bozor iqtisodiyotiga amal qilganingiz yo`q. Shuning uchun bizga bozor qoidalarini ro`kach qilmang! — dedi O`zLiDeP a`zosi.

Bundan tashqari, deputat nega aynan xaridorgir arzon mashinalarga foiz qo`shilgan-u, qimmat mashinalar narxi deyarli oshmaganini tanqid qildi. Aytib o`tilgan sabablar, tan narxlarning oshishi nega qimmat, import qilib sotadigan mashinalarga ta`sir qilmaganini so`radi. 

“Demak, hamma mashinalarga teng tushgan xarajat, aholi ko`p oladigan ayrim mashinalar ustiga mindirilyapti. Shuning uchun bunday quruq gaplar bilan javob bermang”, — dedi Doniyor G`aniev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1