1

Nodir Jumaev: Milliy avtomobillar ishlab chiqaruvchilarimizda uzoq yillarga mo`ljallangan strategik reja yo`q

Jamiyat 12.03.2020, 13:48
Nodir Jumaev: Milliy avtomobillar ishlab chiqaruvchilarimizda uzoq yillarga mo`ljallangan strategik reja yo`q

Bugun ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlarda  UzAutoMotors tomonidan avtomobil narxlarining 21 foizgacha, xususan, “Damas”, “Spark”, “Cobalt”, “Nexia” kabi xalqimiz tomonidan xaridorgir bo`lgan va ularning sotib olish qobiliyatiga yaqin avtomobillarning narxlaridagi o`sish keng muhokama qilinmoqda. Iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumaev ham ijtimoiy sahifasida bunga munosabatini bildirgan.

Professor Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O`zavtosanoat” AJ mas`ullari ishtirokida o`tkazilgan ochiq muloqotda mutasaddilarning avtomobillar narxining oshishini valyuta devalvasiyasi, QQS to`lovlari bilan izohlashganidan taajjubga tushganligini aytadi. 

Va o`zini qiziqtirgan savollar va mulohazalarini o`rtaga tashlaydi.

- Shu o`rinda yana bir masala. 2020 yilning 4 martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun shartnomadagi barcha shartlar saqlab qolinadi, deya ta`kidlashgan edi milliy avto ishlab chiqaruvchilar. Lekin, yangi narxlar haqidagi jadval 2020 yil 9 mart kuni rasmiy saytda joylashtirilgani iste`molchilar huquqlarini buzish emasmi?

Fikrimizcha, milliy avto ishlab chiqaruvchilarimizda uzoq yillarga mo`ljallangan strategik reja yo`q. Bugun davlatimiz rahbari xalqni rozi qilish, ularning manfaatlarini ta`minlash borasida ko`plab tashabbuslarni ilgari surayotgan sharoitda bu kabi harakatlar xalqning noroziligini uyg`otishi tabiiy.

Umuman olganda, mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosati davrida UzAutoMotors ning bu kabi harakati xalqimiz manfaatlariga ham, islohotlar jarayoniga ham mos emas.

Saylovchilarni qiynayotgan muammolar va ularni tashvishga solayotgan masalalar yuzasidan xalqimizning fidoyi xizmatchisi sifatida faoliyat yuritishga bel bog`lagan deputatlar bu masalada alohida ish olib boradi. Alohida komissiya tuzilib, parlament nazorati tartibida narxlarning o`sishiga oid mutasaddilar tomonidan ko`rsatilayotgan sabablar chuqur tahlil qilinadi.

Har bir harakatimiz, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi kerak. Faoliyatimizda shaffoflik bo`lmas ekan, biz bunga erisha olmaymiz, iqtisodiy o`sish ham, farovonlik ham o`z joyida qotib qoladi.

Shu o`rinda UzAutoMotorsning parlament quyi palatasiga kelib, mavjud holat bo`yicha izoh berishini ochiqlik, shaffoflik sari tashlangan qadam, deyish mumkin. Zero, hammamiz shu xalq uchun, uning manfaatlarini ta`minlash uchun mas`ulmiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1