1

2019 yil iste`molchilardan yuzga yaqin rangi o`chgan, texnik nosoz, o`z-o`zidan yonib ketgan mashinalar to`g`risida arizalar kelib tushgan

Jamiyat 12.03.2020, 15:00
2019 yil iste`molchilardan yuzga yaqin rangi o`chgan, texnik nosoz, o`z-o`zidan yonib ketgan mashinalar to`g`risida arizalar kelib tushgan

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmatining darakchi.uzga ma`lum qilishicha, 2019-yil davomida 100ga yaqin rangi o`chganidan tortib, texnik nosozligu o`z joyida turgan, hech qanday tashqi omillarsiz o`z-o`zidan yonib ketgan mashinalar to`g`risida arizalar kelib tushgan. 

- Biz ustavda belgilangan tizim orqali iste`molchilarimizga ko`mak ko`rsatgan bo`lishimizga qaramasdan, muammolar ko`paysa ko`paydiki, aslo kamaymadi. UzautoMotors monopol tashkilot hisoblanar ekan, bu kabi muammolarning adog`i bo`lmasligi aniq, deyiladi xabarda. 

 Bugungi kunda iste`molchilar avtomashinalar narxlari ko`tarilganidan norozi. 1 yoki 2 foizga emas, birdaniga 15-20 % ga! Nima sabadan qaysi omillar tufayli, nega aynan xaridorgir bo`lgan avtomashinalarning narxi tushishni o`rniga ko`tarilib ketgani ko`pchilik iste`molchilarning noroziligaga sabab bo`lmoqda. 

Ammo va`dalar aksincha edi. Bu yil avtomashina narxi tushishi kutilayotgan edi. Bu ishi bilan UzautoMotors iste`molchilar ustidan yana bir ahmoqona “yurish qildi”.

To`g`ri, xalqimiz mehnatkash, orzu- havas uchun ham mashina olish ishtiyoqidan aslo qaytmaydi. Lekin bu degani istalgancha xalq bilan hisoblashmasdan narxlarni oshirish kerak degani emas! Bu ketishda xalqimiz ancha payt musofir yurtda “qora ishchi” degan tamg`a bilan yurishga mahkum. To`g`rida, o`z davlatida qadr topmagan xalqni o`zga yurtda boshini silarmidi?! Qachongacha o`zga yurtda yaratilgan imkoniyatlarga havas qilib yuramiz? Qachonki, UzautoMotors dan tashqari yana raqobatdosh zavodlar ish boshlasa, shundagina narxning tushishidan umid bor. Aks holda xalqga nisbatan bunday bepisand va tahqirlovchi kayfiyat hali beri ularni tark etmaydi. 

Gapimiz nihoyasida iste`molchilarimizdan shuni iltimos qilardikki, qo`yilgan bahoga ko`nib ketavermang. Yurtboshimiz ham “Jamiyat- islohotlar tashabbuskori” deb bekorga aytmagan. Xalq manfaati o`ylanmas ekan, uni talab qilish huquqiga to`laqonli haqlimiz. Xalqdek qudratli kuch bo`lmaydi.        

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1