1

O`zbekiston va Evropa Ittifoqi mamlakatlari yoshlari masalalari bo`yicha xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo`lib o`tdi

Jamiyat 12.03.2020, 15:10
O`zbekiston va Evropa Ittifoqi mamlakatlari yoshlari masalalari bo`yicha xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo`lib o`tdi

O`zbekiston va Evropa Ittifoqi mamlakatlarining yoshlari masalalarida hamkorlik qilish bo`yicha Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o`rinbosari janob Yussi Narvi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Yussi Narvi Evropa mamlakatlarining tajribalaridan kelib chiqib, qishloq xo`jaligi tarmoqlari uchun malakali kadrlar tayyorlash dasturlarida hamda joylarda shaharlashtirish jarayonlariga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar o`rtasida tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi BMT taraqqiyot dasturlari doirasida biznes inkubatorlarni tashkil qilish taklifini bildirdi.

O`z navbatida, O`zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari tomonidan ham O`zbekistonda yoshlar masalalarida olib borilayotgan ishlarda BMTning amaliy va texnik ko`magi muhim ekanligi ta`kidlanib, Evropa Ittifoqiga a`zo mamlakatlar bilan ham hamkorlikni amalga oshirish bo`yicha tegishli maslahatlar olindi.  

Shuningdek, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi vakili tomonidan bugungi kunda BMT tomonidan amalga oshirib kelinayogan loyihalardan “ERASMUS”ta`lim grandlari haqida to`xtalib o`tildi.  

Uchrashuv yakunida Evropa Ittifoqi mamlakatlari va O`zbekiston Respublikasi yoshlari xamkorligini rivojlantirish masalasida Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi vakolatxonasi va O`zbekiston Yoshlar Ittifoki tomonidan kelgusidagi ish reja tuzib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1