1

Sayohat hamma uchun: Imkoniyati cheklangan kishilarning O`zbekiston bo`ylab sayohatiga hissa qo`shing!

Jamiyat 12.03.2020, 15:42
Sayohat hamma uchun: Imkoniyati cheklangan kishilarning O`zbekiston bo`ylab sayohatiga hissa qo`shing!

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan imkoniyati cheklangan  yurtdoshlarimiz uchun O`zbekiston bo`ylab sayohat tashkil qilishga yo`naltirilgan "Sayohat barcha uchun!" xayriya loyihasi davom ettirilmoqda. Xususan, 2020 yilning mart oyida "Navro`z" umumxalq bayrami arafasida imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun navbatdagi sayohatni tashkil etish rejalashtirilgan.

 Barchangizni ezgu niyatlar bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyihani davom ettirishda faol ishtirok etishga chorlaymiz. Buning uchun smartfoningizdagi "Pay me" ilovasi orqali "Sayohat barcha uchun!" xayriya raqamiga yoki  quyidagi maxsus hisob raqamiga istagan miqdordagi mablag`ni o`tkazing va  yurtdoshlarimiz tabassumiga sababchi bo`ling! X/r 2021 2000 1051 6252 2002 MFO: 00444, INN: 207 310 102, OPERU IAKB "Ipak yuli" banki.   Imkoniyati cheklangan kishilarning O`zbekiston bo`ylab sayohati Telegram (@sayohat_barcha_uchun) kanali hamda mahalliy telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib boriladi.  

 Hisob raqamiga kelib tushgan barcha mablag`lar sayohat loyihasiga yo`naltiriladi, sarf qilingan mablag`lar hisobot tariqasida e`lon qilib boriladi.   Ushbu aksiyada qatnashish istagida bo`lgan ko`ngillilar quyidagi telefon raqami orqali  murojaat qilishlari mumkin: + 90 900 53 67, +99 851 92 08 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1