1

TIV: Tailand O`zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlariga kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibini bekor qildi

Jamiyat 12.03.2020, 15:51
TIV: Tailand O`zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlariga kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibini bekor qildi

Mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, Tailand Qirolligi Hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18 ta davlat, jumladan O`zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini (Visa on Arrival) rasmiylashtirish tartibini bekor qildi.

Tailand tomoni mazkur mamlakatlarning fuqarolariga kirish vizalarini qirollikning xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridan birida rasmiylashtirishni tavsiya qilmoqda. Ushbu jarayon noma`lum muddatga joriy qilinmoqda va koronavirus tarqalishi darajasining pasayganidan keyin qayta ko`rib chiqiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib TIV Tailand, Kambodja va Laos hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga +66-2-675-39-95 va +66-9-5502-6770 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1