1

Maktabgacha ta`lim muassasalariga yo`llanmalar endi ikki tilda beriladi

Jamiyat 12.03.2020, 16:01
Maktabgacha ta`lim muassasalariga yo`llanmalar endi ikki tilda beriladi

Endilikda Davlat xizmatlari markazlaridan taqdim etilayotgan maktabgacha ta`lim muassasalariga yo`llanmalar birvarakayiga ikki tilda beriladi. Bu haqda DXA axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabaringiz bor, «Qachon «o`zbekcha»lashamiz?» sarlavha bilan post e`lon qilingan edi. Unda bog`cha yo`llanmalarning faqat bir tilda — rus tilida berilishi bo`yicha mavzu ko`tarilgan edi.

Shundan so`ng, yo`llanmalar bazasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan o`zgartirilib, o`zbek va rus tillarida taqdim etish yo`lga qo`yildi. Bu o`zgarishni o`zbek tiliga munosabatning amaliy natijasi sifatida e`tirof etish joiz. Biroq til masalasida hali qilinadigan ishlar ko`p. Bunda davlat idoralarining bari, keng jamoatchilik birday ter to`kishi kerak bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1