"Oltinning shaytoni bor" deyishadi. Darhaqiqat, bu "sariq shayton" nafs quliga aylangan, pulu mol-dunyoga xirs qo`ygan kimsalarni o`z nog`orasiga o`ynatadi. Bundaylar shayton vasvasasiga uchib, o`z yaqinlarini ham ayamaydilar.
Shunday holat Buxoro shahrida sodir bo`ldi. Xususan 37 yoshli D.A ismli ayol o`z qaynonasi, 1948 yilda tug`ilgan nafaqadagi M.T.ning yotoqxonasida saqlanayotgan jami 12.000.000 so`m qiymatdagi tilla taqinchoqlar hamda 500.000 so`m naqd pullarni o`g`irlagan. E`tiborlisi, D.A ushbu jinoiy qilmishini qaynonasi uyda yo`qligidan foydalanib, bir martada emas, bir necha marotaba sodir qilgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Biroq "qing`ir ishning qiyig`i qirq yilda bo`lsa ham chiqadi". Xullas ayni paytda o`g`irligi fosh bo`lgan kelin qilmishlari uchun javob bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan D.A.ga nisbatan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






