1

TIV Qirg`izistonga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolarini ogohlantirmoqda

Jamiyat 13.03.2020, 08:17
TIV Qirg`izistonga borishni rejalashtirayotgan O`zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolarini ogohlantirmoqda

O`zbekistonning Bishkek shahridagi Elchixonasiga Qirg`iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushdi, deya xabar qildi TIV. Unda 2020-yil 1-martdan boshlab so`nggi 30 kun ichida COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning o`sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo`q shaxslarning davlat chegarisidan o`tkazish punktlari orqali ushbu mamlakatga kirishlari uchun joriy qilingan vaqtinchalik cheklashlar haqidagi Hukumat qarori to`g`risida xabar qilinadi.

“Noqulay epidemiologik holat” kuzatilayotgan davlatlar ro`yxati Qirg`iziston Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va muntazam yangilanib boriladi.

Shu munosabati bilan TIV mamlakatimiz hududi orqali Qirg`izistonga borishni rejalashtirgan O`zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolaridan Qirg`iziston Hukumatining yuqorida aytib o`tilgan qarorini hisobga olishni so`raydi va Qirg`iziston hududida bo`lib turgan fuqarolarimizga zarur holatlarda mamlakatimizning Bishkek shahridagi Elchixonasiga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1