1

Angrenda xotini bilan janjallashib qolgan 30 yoshli yigit o`zini kuchli oquvchi kanalga tashladi

Jamiyat 13.03.2020, 08:51
Angrenda xotini bilan janjallashib qolgan 30 yoshli yigit o`zini kuchli oquvchi kanalga tashladi

Joriy yilning 4 mart kuni kech soat 20:00 larda IIV Transportda XTBB alohida otryadi  XPB xodimi kapitan A.Xatamovga 1967 yilda tug`ilgan, Angren shahrida yashovchi  X.S. ismli ayol va 1963 yilda tug`ilgan N.U. ismli fuqarolardan murojaat kelib tushgan. Ular o`g`li 1990 yilda tug`ilgan P.N. turmush o`rtog`i bilan bo`lgan oilaviy janjal sababli hozirda o`zini “O`zbekko`mir” AJ ko`mir saralash parki hududidan oqib o`tuvchi suv kanaliga tashlamoqchi ekanligini aytib yordam so`rashgan.

Shundan so`ng voqea joyiga zudlik bilan  otryad guruh komandirlari katta serjant F.Xosilov, serjant U.Supiev, safdor xodimlar A.To`laboev, Sh.Normaxmatov, Sh.Qurbonovlar etib borishgan. Shu vaqt fuqaro N.P. o`zini ushbu kanalga tashlagan. Xodimlarimizning xushyorligi va o`z kasbini fidoiyligi sababli fuqaro zudlik bilan qutqarib olingan va dastlabki yordam ko`rsatilgan. Shundan so`ng mazkur fuqaro va uning ota onasi ishtirokida dastlabki surishtiruv va tushuntirish ishlari olib borilib, soat 22:00 da “Jigariston ” MFY raisi M.Babaraximova ishtirokida ota-onasiga sog`-salomat topshirilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tinch axoli fuqarolariga ko`rsatgan beg`araz yordami, fuqarolarning har qanday murojaatlari bo`yicha kechiktirib bo`lmas tezkor profilaktik choralarini ko`rsatishda o`z jonbozliklarini ayamaganliklari uchun, kapitan A.X.Xatamov boshchiligidagi katta serjant F.Xosilov, serjant U.Supiev, safdor xodimlar A.To`laboev, Sh.Normaxmatov, Sh.Qurbonovlar namunali xizmatlari uchun IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi tomonidan rag`batlantiriladigan bo`ldi, deyiladi Bosh boshqarma Axborot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1