AsosiyJinoyat

Talaba jinoyatga qo`l urdi

'Talaba jinoyatga qo`l urdi'ning rasmi

Shofirkon tumanida yashovchi 20 yoshli T.X dars soatlarini sababsiz qoldirganligi uchun 2019 yil 10 dekabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari safidan chetlashtirilgan. Talabalar safiga qayta tiklash maqsadida biror-bir kasallikka chalinmagan bo`lsada, 2019 yil 20 noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri B.A bilan jinoiy til biriktirib, virusli gepatit “A” va “yuqori nafas yo`llari o`tkir kasalligi”ga chalinganligi to`g`risidagi 348, 364-sonli soxta ma`lumotnomalarni olishga erishib, ushbu soxta ma`lumotnomalarni Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga taqdim etib, hujjatlarni soxtalashtirish va ulardan foydalanish jinoyatlarini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan T.X va B.A.larga nisbatan.JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar