1

Namanganda shartli ommaviy tartibsizlikning oldi olindi

Jamiyat 13.03.2020, 11:25
Namanganda shartli ommaviy tartibsizlikning oldi olindi

11 mart kuni viloyat IIB tomonidan Namangan shaxar “Otchopar” o`yingoxida “Ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo`lganda uning oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida hamkorlikdagi maxsus-taktik mashqi o`tkazildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Unda Namangan viloyati va Namangan shaxar xokimligi, viloyat IIB, Prokuratura, DXX, Milliy Gvardiya, FVB, Bojxona, Sog`liqni saqlash boshqarmasi va hududiy bo`limlari hamda boshqa aloqador idoralar vakillari ishtirok etishdi. 

Mashq afsonasiga ko`ra 2020 yil 11 mart kuni soat 09:30da Namangan shahar “Do`stlik bozori” xududida buyumlarni xarid qilish uchun kelgan fuqarolar va chakana savdo bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlar bozor xududida muntazam ravishda elektr manbai o`chirilayotganligi natijasida plastik kartalardan savdo qilish imkoni bo`lmayotganligidan norozi bo`lib, 200 nafarga yaqin sotuvchi va fuqarolar to`planib, ruxsat etilmagan namoyish qilishni rejalashtirilayotganligi xaqida viloyat IIB Post patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bataloni naryadi xodimlari tomonidan Namangan shaxar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ma`lumot taqdim etildi.  

Yuzaga kelgan vaziyatga baxo berib, Xamkorlikdagi tezkor shtab boshlig`i- Namangan viloyati IIB boshlig`i polkovnik A.I.Ataxodjaev tomonidan barcha ichki ishlar organlari ma`muriy binolarini qo`riqlash va mudofaa etilishi xamda ommaviy tartibsizliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlar sodir bo`lganda uning oqibatlarini bartaraf etish haqida qaror qabul qildi va maxsus kuch vositalari orqali vaziyat bartaraf etildi.  

Yurtimizga Navro`z umumxalq bayrami yakinlashib kelmoqda. Ushbu bayramda shahar-u qishloqlarda, bog`-u hiyobonlarda turli sayllar, bayram tantanalari nishonlanadi. Namangan viloyat aholisi bayramni ko`tarinki kayfiyat va behavotir qarshi olishlari uchun Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash borasida mas`uliyatni yana bir karra oshirish lozim bo`ladi. Yuqoridagi kabi maxsus-taktik mashqlari esa xodimlarning bu boradagi jangovar salohiyati hamda jismoniy tayyorgarligini mustahkamlaydi. 

 


 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1