1

O`z vazifasini bajarmagan sirdaryolik o`qituvchi qonun oldida javob berdi

Jamiyat 13.03.2020, 12:30
O`z vazifasini bajarmagan sirdaryolik o`qituvchi qonun oldida javob berdi

Gulistondagi maktablarda o`quvchi dars qoldirgani uchun sinf rahbarlari maoshi kesilganligi to`g`risidagi xabarlarga Guliston shahar Xalq ta`limi bo`limi izoh berdi.

Xalq ta`limi bo`limining vakolati doirasida belgilangan tartibga asosan, sinf rahbarlikning 6 oylik monitoringgi o`tkazildi. Ushbu buyruq asosida sinf rahbarning vakolatiga kiruvchi 21 ta vazifalari o`rganilgan hamda o`z vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan (o`z vazifasini bajarmagan) sinf rahbarlarga Mehnat kodeksida belgilangan tartibda intizomiy jazolar qo`llanilgan. Ijtimoy tarmoqlarda chop etilgan maqola bo`yicha shuni ma`lum qilamizki, o`quvchini dars qoldirgani uchun emas, balki o`qituvchilarning 21 ta vazifalarini o`z vaqtida bajarmaganligi, o`z ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashganligi munosabati bilan jazo qo`llanilgan. 

"Xalq ta`limi yoki boshqa mas`ul tashkilotlar tomonidan mana shunday tekshiruvlar o`tkazilganda, qo`shtirnoq ichidagi “o`qituvchilar” o`zlarining haq huquqlarini eslab qolishadi hamda turli hil ommaviy axborot vositalariga murojaat qilishadi, vaholanki ta`lim tizimida ham o`qituvchilarning o`z majburiyatlari, vazifalari borligini unitib qo`yishadi. Halqimizda bir gap bor: “Qarz ikki qo`ldan chiqadi” shunday ekan, Ozodlik Radiosiga murojaat qilgan o`qituvchilar “O`z vazifalarimni, majburiyatlarimni to`liq bajarganman hamda bajarib kelmoqdaman” deb vijdonan ayta olarmikanlar?" deyiladi xabarda. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1