1

Xivada "Xorazm xonlari shaharchasi"tashkil etiladi

Jamiyat 13.03.2020, 16:26
Xivada "Xorazm xonlari shaharchasi"tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatining sayyohlik salohiyatini kengaytirish maqsadida Xivada "Xorazm xonlari shaharchasi"ni tashkil etish bo`yicha topshiriq berdi.

"Sayyohlik salohiyatini kengaytirish maqsadida Shovot kanalining ikki yonida kichik turizm zonasini, Xivada ‘Xorazm xonlari shaharchasi’ni tashkil etish bo`yicha topshiriq berildi", — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, 2020—2021 yillarda viloyatda turizmni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilgan. Masalan, Xiva tumanida "Anor", "Anjir", Yangiariq tumanida "Mennonit qishlog`i" nomli tematik parklar barpo etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Lazgi akademiyasini tashkil etish ham ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1