1

Abiturientlar diqqatiga muhim ma`lumot

Jamiyat 13.03.2020, 17:17
Teglar: abiturientlar, pedagog
Abiturientlar diqqatiga muhim ma`lumot

Mamlakatimizda ta`lim sohasi, ayniqsa, salohiyatli pedagog kadrlar tayyorlash bo`yicha olib borilayotgan islohotlar yuqori darajaga ko`tarildi. Sohaga oid o`zgarish va yangiliklar, xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta`lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ–4623-sonli qarorida o`z aksini topdi.

Mazkur yo`nalishda mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko`tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg`or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta`lim bilan qamrov darajasini oshirish, shuningdek, oliy pedagogik ta`lim yo`nalishlariga qabul qilishda abiturientlarning salohiyati va moyilligini aniqlash yuzasidan maqbul mexanizmlarni ishlab chiqish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Davlat test markazi.

Pedagogiklik sohasini tanlaydigan abituriyentlar diqqatiga shularni ma`lum qilish lozimki, ushbu qarorga ko`ra, 2020/2021-o`quv yilidan boshlab pedagogik faoliyatda umumta`lim fanlari muhim o`rin tutishini inobatga olgan holda alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O`zbekiston tarixi fanlari bo`yicha test sinovlari topshirish tartibi joriy qilinadi.  

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta fanlar bo`yicha test sinovlari topshiriladigan ta`lim yo`nalishlari:

5111100 – Musiqa ta`limi.

5110800 – Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi.

5112000 – Jismoniy madaniyat.

5112300 – Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda jismoniy tarbiya va sport.

Majburiy uchta fan bo`yicha test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari e`lon qilinganidan so`ng o`tkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1