1

O`zbekistonda dam olish kunlari havo harorati aprel oyi uchun xos bo`lgan darajada ko`tariladi

Jamiyat 14.03.2020, 08:49
O`zbekistonda dam olish kunlari havo harorati aprel oyi uchun xos bo`lgan darajada ko`tariladi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, dam olish kunlarida harorat ko`tariladi va yakshanbaga kelib kechasi 9-12 daraja iliq, kunduzi 22-25 daraja iliq, mamlakatimiz shimoli-g`arbida esa 27-28 darajagacha etadi, bu harorat iqlimiy me`yordan 5-8 darajaga yuqoridir. Bunday havo mart o`rtasiga qaraganda ko`proq aprel oyi oxiri uchun xos.

Bugun esa hududlarda quyidagicha ob-havo harorati kutilmoqda:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1