AsosiyJinoyat

Shahrisabzda janjallashayotgan aka-ukani ajratmoqchi bo`lgan shaxsning o`zi pichoqlandi

'Shahrisabzda janjallashayotgan aka-ukani ajratmoqchi bo`lgan shaxsning o`zi pichoqlandi'ning rasmi

Qashqadaryo. 2020 yilning 10 mart kuni soat 17:00 da 33 yoshli E.A., Shahrisabz shahrida joylashgan uyida spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`zining ukasi 29 yoshli X.A., bilan hech bir sababsiz o`zaro tortishganida X.A., akasi E.A.,ni tinchlantirish maqsadida tanishi 26 yoshli Sh.T., ni telefon orqali chaqirgan, Sh.T., o`zaro janjallashayotgan aka-ukalarni ajratayotgan vaqtida E.A., qo`lidagi oshxona pichog`i bilan Sh.T.,ning chap biqin sohasiga og`ir tan jarohati etkazgan. Natijada Sh.T, tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahri bo`yicha IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” (o`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan E.A., ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar