AsosiyJamiyat

Talabalar 16 martdan ikki hafta vaqtincha ta`tilga chiqariladi

'Talabalar 16 martdan ikki hafta vaqtincha ta`tilga chiqariladi'ning rasmi

Talabalar 2020 yil 16 martdan ikki hafta muddatga (hozircha) ta`tilga chiqariladi. Shuningdek koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Oliy ta`lim vazirligi tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda OO`MTV  axborot xizmati xabar berdi.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish  maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

👉 barcha oliy ta`lim muassasalari (OTM), akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida 2020 yil 16 martdan e`tiboran o`qish to`xtatilib, o`quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta`tilga chiqariladi, ta`lim muassasalarida karantin joriy qilinadi;

👉 Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalar turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yashash joylariga yuboriladi va TTJlar 18 mart kuni, viloyatlarda joylashgan OTMlar TTJlari joriy yil 17 mart kuni yopiladi;

👉 boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o`quvchi-talabalar avtobus, poezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo`lga qo`yiladi:  

- O`zMU,  vazirlik huzuridagi «Ma`naviyat va ma`rifat» Markazi, O`zDJTU, TTA TTJ va o`quv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ;  

👉 OTMlarda mavjud modullar professor-o`qituvchilar tomonidan tegishli kontent bilan to`liriladi va ta`lim masofaviy shaklda amalga oshiriladi;

👉 vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta`tilga chiqishi bilan bog`liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi;

👉 ta`limning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan o`qituvchilar uchun ta`lim on-layn shaklda tashkil qilinadi;

👉 har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navro`z bayrami va b.) o`tkazish taqiqlanadi, OTM ilmiy kengashi yig`ilishi ixchamlashtirilgan tarkibda o`tkaziladi, ixtisoslashgan kengashlar faoliyati bundan mustasno;  

👉 OTMlar va vazirlik o`rtasida uzluksiz axborot almashinuvi yo`lga qo`yiladi.

Boshqa yangiliklar