1

Turizm sohasidagi xalqaro bitimlar bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi

Jamiyat 01.04.2015, 11:39
Turizm sohasidagi xalqaro bitimlar bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oliy Majlis palatalari, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, «O`zbekturizm» milliy kompaniyasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlari vakillari bilan tahliliy uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda UzReport axborot agentligi xabar beradi.

Suhbat chog`ida turizm sohasi, jumladan kadrlar tayyorlash bo`yicha O`zbekiston Respublikasining xalqaro kelishuvlarini amalga oshirish jarayoni, shuningdek, huquqiy bazani yanada takommillashtirish istiqbollari ko`rib chiqildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1