1

Qoraqalpog`istonda 135 yoshli To`ti Yusupova vafot etdi

Jamiyat 01.04.2015, 14:17
Qoraqalpog`istonda 135 yoshli To`ti Yusupova vafot etdi

Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtkul tumanida istiqomat qiluvchi To`ti Yusupova 135 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi Telegraf.uz  nashri.

To`ti Yusupova 1880 yilda To`rtkul tumanida tavallud topgan. U yoshlik chog`laridan boshlab, nafaqaga chiqqunga qadar “Ko`na-To`rtkul” xo`jaligida ishlab kelgan.

To`ti momo umri davomida shogirdlari va farzandlarining jamiyatda munosib o`rin egallashlari uchun o`zining barcha kuch-g`ayratini ishga soldi va keng jamoatchilik orasida katta hurmat qozondi. Uning ko`p yillik mehnatlari yuqori baholanib O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1