Davergeodezkadastr qo`mitasining quyidagi xizmatlaridan davlat idorasiga kelmasdan masofadan turib internet tarmog`i orqali foydalanishingiz mumkin. Bu haqda Darakchi.uz saytiga O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi Ne`mat Atamuratov xabar qildi:
(qo`mitaning rasmiy veb-sayti www.ygk.uz va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz orqali)
1. Ko`chmas mulk ob`ektlariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazishga ariza yuborish; (https://my.gov.uz/uz/service/248)
2. Kadastr pasportini shakllantirish; (https://my.gov.uz/uz/service/294)
3. Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo`qligi to`g`risidagi ma`lumotnoma olish; (https://my.gov.uz/uz/service/115)
4. Turar joyni noturar joy toifasiga o`tkazishga qarorni olish; (https://my.gov.uz/uz/service/22)
5. Bino va inshootning tashqi ko`rinishini o`zgartirishni kelishish; (https://my.gov.uz/uz/service/155)
6. Ko`chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo`yicha murojaat yo`llash; (https://my.gov.uz/uz/service/25)
7. Turar joyning maydoni bo`yicha ma`lumotnoma olish; (https://my.gov.uz/uz/service/216)
8. Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro`yxatidan o`tkazish; (https://my.gov.uz/uz/service/219)
9. O`zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to`g`risidagi kelishuvni davlat ro`yxatidan o`tkazish; (https://my.gov.uz/uz/service/217)
10. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish ob`ekti uchun); (https://my.gov.uz/uz/service/204)
11. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish ob`ekti bo`lmagan ob`ekt uchun);
(https://my.gov.uz/uz/service/203) Shuningdek “Elektron lisenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga lisenziya olish uchun ariza berishlari mumkin. (https://license.gov.uz/licensing_content/938/)