AsosiyJamiyat

Dam olish kunlarida ob-havo: Ertaga ayrim joylarda yomg`ir yog`adi

'Dam olish kunlarida ob-havo: Ertaga ayrim joylarda yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-14, kunduzi 18-20 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja, iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
 

Boshqa yangiliklar