AsosiyJamiyat

Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi

Deputat Dilmurod Artiqov bu to‘lovning qaysi asos bilan joriy etilayotganini so‘rab, bosh prokurorga so‘rov yubordi.

'Oliy ta’lim kengashi xususiy oliygohlarga “soliq solmoqchi”, deputat bu bo‘yicha bosh prokurorga so‘rov yubordi'ning rasmi

O‘zLiDeP deputati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Bosh prokurorga "Deputat so‘rovi" yubordi. 

 Deputatlik so‘roviga ko‘ra, kuni kecha Respublika oliy ta’lim Kengashining nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 4 foizini o‘tkazish bo‘yicha chiqarilgan bayonnomasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik faoliyati erkinligi qonunlarimizga muvofiq kafolatlangan, hech bir tashkilot qonunga asoslanmay turib, tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, nodavlat oliy ta’lim muassasalariga turli to‘lovlar joriy qilish vakolatiga ega emas.

Shuningdek, mazkur holat sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “xab”ga aylantirish kabi islohotlarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Shu sababli, deputat D.Artikov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va Bosh prokurordan respublika oliy ta’lim Kengashining nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 4 foizini o‘tkazish bo‘yicha chiqarilgan bayonnomaning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirish berish hamda o‘z nuqtayi nazarini bayon etishini so‘ragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 22:19

    2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi

    Bu haqdagi Qonun qabul qilindi

    'Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 21:58

    Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Mansabdorlar 740 mln so‘mlik ish haqini talon-toroj qilgan.

    '"Tashkent city” bog‘i ichidagi ko‘chalar 15 kunga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 20:47

    "Tashkent city” bog‘i ichidagi ko‘chalar 15 kunga yopildi

    Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralmoqda.

    'Pokistonda O‘zbekistonga viza olishga ko‘maklashish markaz ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 20:33

    Pokistonda O‘zbekistonga viza olishga ko‘maklashish markaz ochildi

    Ushbu markaz nafaqat viza olish jarayonini yengillashtiradi, balki ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 16:36

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Rossiyadan voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 24.12.2024 21:46

    Rossiyadan voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

    Ular jazoni ijro etish muassasasidagi bolalar uyida bo‘lishgan.