AsosiyJinoyat

Chetdan olib kelingan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi

Ular afg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

'Chetdan olib kelingan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi'ning rasmi

Qo‘shni davlatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari darakchi.uz'ga xabar berdi. 

 Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 16,4 kg. narkotik moddalar musodara qilindi.

Jumladan, Samarqand viloyatining Samarqand tumani hududida harakatlanayotgan Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Paxtachi tumanida yashovchi, 1981 y.t. E.M.ga tegishli 7 kg. 230 gr. “gashish” va 1 kg. 289 gr. “myetamfetamin” giyohvandlik vositalariborligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ularafg‘onistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilganligi ma’lum bo‘ldi.

Viloyatning Urgut tumanida kuzatilgan holatdaesa, muqaddam sudlangan fuqarolar, 1986 y.t. F.X. va 1999 y.t. Sh.A.lar Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 921 gr.“opiy” moddasini xaridorga 12 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Bu kabi jinoyatlar Namangan viloyatida ham qayd etilib, jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1995 y.t. Sh.Yu. va A.Yu. hamda 1994 y.t. Sh.Q.lar muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan Chust tumanidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 3 kg. 50 gr. “gashish” moddasini olgan vaqtlarida ushlandi.

Boshqa holatda esa “Namangan-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina Norin tumani hududida to‘xtatilib tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan,Asaka tumanida yashovchi, 1989 y.t., muqaddam sudlangan F.X.ga tegishli 1 kg. 911 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu ajal og‘usi muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi.

Surxondaryo viloyatida qayd etilgan holatda Denov tumanida yashovchi, 1990 y.t., muqaddam sudlangan B.B. Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 2 kg. 16 gr. “opiy” moddasini 10 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yangi yoʻlda ayollar nomidan firibgarlik qilgan yigit ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 24.10.2025 12:29

    Yangi yoʻlda ayollar nomidan firibgarlik qilgan yigit ushlandi

    U 10 ga yaqin Telegram-profil orqali pulini olib, Iphone sotishga da'vo qilgan.

    'Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori savdosiga chek qoʻyildi'ning rasmi

    Jinoyat 22.10.2025 09:27

    Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori savdosiga chek qoʻyildi

    Holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Manzil koloniya mahkumi qochib, 3-sinf qizni zo‘rladi'ning rasmi

    Jinoyat 21.10.2025 05:18

    Manzil koloniya mahkumi qochib, 3-sinf qizni zo‘rladi

    Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida manzil koloniyadan qochgan mahkum voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgani aniqlandi.

    'Buxoroda sud tizimi xodimi pora olayotganda ushlanadi'ning rasmi

    Jinoyat 15.10.2025 19:05

    Buxoroda sud tizimi xodimi pora olayotganda ushlanadi

    G'ijduvon tuman sudi arxivi mudiri jinoyat ishida ayblanuvchiga yordam berish evaziga 700 dollar so'ragan.

    'Toshkentda profilaktika inspektorining narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 14.10.2025 07:30

    Toshkentda profilaktika inspektorining narkolaboratoriya tashkil etgani fosh etildi

    Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish ko`zgatildi.

    '"Agroinspektsiya" xodimi 3 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 13.10.2025 12:19

    "Agroinspektsiya" xodimi 3 ming dollar pora bilan ushlandi

    Samarqandda fermerdan pora olgan mutaxassis qamoqqa olindi.