AsosiySiyosat

O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

'O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida (onlayn formatda) o‘tgan bu galgi uchrashuvda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Rossiya, shuningdek, YEOII huzuridagi kuzatuvchi mamlakat – Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri Said Muhammad Otabak ham qatnashdi

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel ishtirokchilarga videomurojaat yo‘lladi.

Kun tartibidan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Prezidenti so‘zining avvalida so‘nggi yillarda mamlakatimiz kuzatuvchi sifatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan 22 ta yo‘nalishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini ta’kidladi.

2024 yilda O‘zbekistonning ittifoq mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 11 foizga oshdi. Oktyabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda 40 ga yaqin chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan yangi uch yillik hamkorlik rejasi qabul qilindi.

O‘zbekiston, shuningdek, YEOIIning savdo va yuk tashishni raqamlashtirish, elektron tijoratni joriy etish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasidagi qator tarmoq dasturlarida faol ishtirok etmoqda.

Kelgusi yil mart oyida qo‘shma Ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtaldi.

Xususan, Prezidentimiz o‘zaro savdodagi savdo to‘siqlarini bosqichma-bosqich bartaraf etishga chaqirdi. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston va YEOII davlatlari o‘rtasidagi savdoda tarif va notarif cheklovlarni qo‘llamaslik masalasini ekspertlar darajasida ishlab chiqish taklif etildi.

Amaliy harakatlar rejasini qabul qilgan holda, yaqin kelajakda texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorlik bildirildi.

O‘zbekiston yetakchisi tadbir yakunida imzolanayotgan Yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitimda mamlakatimizning ishtirok etishi, shuningdek, bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashinuvini tez fursatda joriy etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va vositalariga qo‘shilishdan manfaatdorlik bildirildi.

- Qo‘shma loyihalarni ilgari surish uchun ishonchli moliyaviy manbalarni shakllantirish maqsadida kelgusi yil boshida tartib-taomillarni yakunlab, Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqdamiz, - dedi Prezidentimiz.

Biznesni yanada faol jalb qilish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida YEOII Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini 2025 yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazish taklif etildi.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida tizimli hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi. Mamlakatimizni YEOIIning integratsiyalashgan axborot tizimiga va "Raqamli ittifoq" loyihasiga ulash tashabbusi ilgari surildi.

Agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni yengillashtirish, innovatsion agrosanoat loyihalarini amalga oshirish va ilmiy ishlanmalarni joriy etishga qaratilgan kooperatsiya dasturini tayyorlash taklif etildi.

Sayyohlik almashinuvlarini rag‘batlantirish maqsadida davlatimiz rahbari YEOII davlatlari fuqarolariga O‘zbekistonga ichki hujjatlar bilan kirish imkonini beruvchi tartibni joriy etishga tayyorligini bildirdi.

  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi'ning rasmi

    Siyosat 23.11.2025 11:05

    Sergio Gore Amerika-O'zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi bo'ldi

    O‘zbekiston tomondan Saida Mirziyoyeva usbu kengashga rahbarlik qiladi.

    'O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi'ning rasmi

    Siyosat 21.11.2025 17:24

    O'zbekiston Xitoydan salmoqli 15 milliard dollarlik investitsiya o'zlashtirdi

    Ushbu ma'lumot davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan ochiqlandi.

    'Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat 21.11.2025 11:42

    Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Toshkent shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Tashqi ishlar vaziri Van I janoblarni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    'Nyu-York meri O'zbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 20.11.2025 08:13

    Nyu-York meri O'zbekistonga keldi

    Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    '"Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 20:20

    "Aholini kreditga majburlayapti". Mirziyoyev ikki hokimni nima uchun ishdan olganini aytdi

    Prezident Mirziyoyev Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari aholiga tayyor loyiha o‘rniga majburiy kredit o‘tkazayotgani va ishlarni nazoratsiz qoldirgani uchun ishdan olinganini ta’kidladi.

    'Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi'ning rasmi

    Siyosat 19.11.2025 18:26

    Shahnaza Mirziyoyeva yangi vazifa yuklatildi

    Inklyuziv bandlikni kuchaytirish va qashshoqlikka qaytish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha nazorat Shahnoza Mirziyoyevga topshirildi.