Xitoyda so`nggi ikki kecha-kunduzda koronavirusga chalingan birorta ham holat qayd etilmadi.
Ammo xorijdan kelganlar orasida 39 kishi qayd etildi, deb xabar berdi Xitoy sog`liqni saqlash qo`mitasi.
Xabarda ta`kidlanishicha, mamlakatda dekabrdan buyon kasallikka chalinish bilan bog`liq 80967 ta holat qayd etilgan, 3248 kishi koronavirus qurboni bo`lgan. Bugungi kunda Xitoydagi tibbiyot muassasalarida 6,6 mingga yaqin kishi davolanmoqda.
Shu bilan birga, 71 mingdan ortiq bemor bugungi kunda batamom sog`aygan va ularga uylariga javob berilgan.