AsosiyDunyo

Rossiyaga tegishli yuk kemasi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi

U Suriyadagi rus harbiylarini ta’minlab kelgani aytilmoqda.

'Rossiyaga tegishli yuk kemasi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi'ning rasmi

El Espanol nashrining xabar berishicha, 23 dekabr kuni "Ursa Mayor" kemasining dvigatel bo‘limida portlash sodir bo‘lgan. Kema Ispaniya va Aljir o‘rtasidagi xalqaro dengizda cho‘kib ketgan. Ekipajning 14 nafar a’zosi qutqarilib, Kartaxena portiga yetkazilgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Kema 11 dekabr kuni Sankt-Peterburg portidan chiqib, 22 yanvar kuni Vladivostokka yetib borishi kerak bo‘lgan.

Mediazona nashrining yozishicha, mazkur kema ko‘p yillar davomida Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhini ta’minlash uchun yuk tashishda foydalanilgan.

    Boshqa yangiliklar