AsosiyHi-tech

Kanallarda eng ko`p yozilgan so`z bu — «koronavirus» so`zi bo`ldi

'Kanallarda eng ko`p yozilgan so`z bu — «koronavirus» so`zi bo`ldi'ning rasmi

«Tgstat» bazasida ro`yxatdan o`tgan, joylashuvi O`zbekiston deb belgilangan kanallarda eng ko`p yozilgan so`z bu — «koronavirus» so`zi bo`ldi.  

O`zbekistonda koronavirus bilan kasallangan birinchi bemor aniqlangan 15-mart sanasida 27 mingdan ziyod e`lon (post)lar yozildi.

Ushbu postlar qariyb 219 mln. marotaba o`qildi, 5306 ta kanal va chatlar bu haqda yozdi.

15, 16 va 17-mart kunlarida esa 63.7 mingdan ziyod post yozildi. Ular 513.5 mln. marotaba o`qildi. 7484 ta kanal va chatlar bu haqda yozdi

20-fevraldan 17-martga qadar esa 130 mingdan ziyod e`lonlar yozildi, ushbu postlar 973 mln. marotaba o`qildi, 9064 ta kanal va chatlarda bu haqda yozildi.  

Ko`rib turganingizdek, koronavirus haqidagi ma`lumotlar juda ko`p va bu, albatta, yaxshi. Ammo eng muhimi — ular ishonchli va foydali bo`lishi shart.  

O`zbekistonda ushbu kasallik haqidagi barcha aniq ma’lumotlarni esa Sog`liqni saqlash vazirligi, AOKA, Milliy mass-media fondi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida ochilgan @koronavirusinfouz rasmiy telegram kanalida tunu kun yoritib borilmoqda. Ushbu kanal faoliyatida 70 dan ortiq jurnalist va blogerlar guruhi hamda 60ga yaqin matbuot kotiblari guruhi bilan hamkorlik qilinmoqda.  

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Boshqa yangiliklar